So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

08 iyu 11:43
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarining maxsus telekanali ishga tushirildi

Xanchjou-2022 Yozgi Osiyo o'yinlarining Tashkiliy qo'mitasi (HAGOC) bo'lajak musobaqa to'g'risida rasmiy axborotlar berib borishi uchun o'zining televidenie kanalini ishga tushirdi.

Osiyo o'yinlari kanali Xanchjou televidenie guruhi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Xanchjou shahri meri va HAGOC Bosh kotibining o'rinbosari CHen Veysya ushbu hodisa haqida shunday deydi: 

«Umid qilamizki, bu voqelik shahrimizda o'tajak 2022 yilgi Yozgi Osiyo o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz,shuningdek, Xanchjouni Osiyo o'yinlari brendi bo'lishi va uning obro'sini targ'ib etishga xizmat qiladi». 

Mazkur telekanal CHjeszyan va Xanchjou provinciyalarining madaniyati va urf-odatlari kabi malumotlarni tarqatadi. Bundan tashqari shu yildan boshlab butun Xitoy bo'yicha asosiy sport kanallari bilan hamkorlikda interfaol platformani shakllantirish rejalashtirilgan. Unda shaharning rivojlanishi va Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning borishi to'g'risida mavzuli dasturlar, qisqa videofilmlar hamda shu haqida hujjatli filmlar taqdim etiladi. 

Xanchjou Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladigan Xitoyning uchinchi shahridir. SHu kungacha 1990 yilda Pekin va 2010 yil Guanchjouda Osiyo o'yinlari o'tkazilgan. Eslatib o'tamiz, Xanchjou-2022 o'sha yilning o'zida 10-25 sentyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing