So’nggi yangiliklar

13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0

28 may 18:41
Yangiliklar

Velosport

Xanchjou-2022, Parij-2024: Tanzila Norboeva va Aziz Abduhakimov velosportchilarimizning tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tomonidan Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Norboeva, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, shuningdek, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Dastavval federaciya bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev Xanchjou-2022 Osiyo va Parij -2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida malumot berdi.

Milliy terma jamoa azolarini mazkur kompleks musobaqalarga tayyorlash uchun taklif etilgan va ayni paytda mamlakatimizda bo'lib turgan Rossiya terma jamoasining sobiq treneri, 2011 yildan 2020 yilgacha Amerikaning «Novo Nordisk» professional jamoasi murabbiyi bo'lgan Gleb Groysmanning takliflari tinglandi.

Mutasaddilar velosportchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sportchilarga motivaciya bo'ladigan dastur va loyihalarni ishlab chiqish zarurligini takidlashdi. Musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarida xalqaro tajribadan foydalanish lozimligi ham alohida aytildi.

Yig'ilishda, shuningdek, Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorlanish va licenziyalar sonini ko'paytirish uchun tashkil etilgan professional klubning taqdimoti ham o'tkazildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing