So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

08 may 07:33
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022 tashkiliy qo'mitasi Osiyo Olimpiya Kengashiga 30000 niqob hayriya qildi

Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) Xanchjouda (Xitoy) bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasidan COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun 30000 ta tibbiyot niqobini qabul qilib oldi.

OOK niqoblarni Quvaytdagi xodimlari, shuningdek sport hamjamiyatiga tarqatadi. Qolgan niqoblar Quvayt Sog'liqni saqlash vazirligiga, bemorlarni yuqumli kasallikdan davolayotgan boshqa tibbiyot xodimlariga beriladi. OOKning Bosh direktori Xusayn al-Musallam Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasiga hozirgi og'ir sharoitda OOKni qo'llab-quvvatlaganlari hamda sahiyliklari uchun minnatdorchiligini bildirgan.

– Bu ajoyib do'stona tuhfa uchun rahmat, – deb yozgan o'z maktubida Xusayn al-Musallam. – 30000 niqobning hayriya qilinishi bizning tashkilotlarimiz, shuningdek Xitoy va Quvayt xalqlari o'rtasidagi birdamlik ruhini anglatadi. Biz bu niqoblar COVID-19 ning tarqalishi bilan kurashda Quvaytdagi sport hamjamiyati va tibbiyot xizmatlarida eng yaxshi tarzda ishlatilishiga harakat qilamiz.

Men Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarining rasmiy shiori haqiqatan ham bizning alohida munosabatlarimiz va yurakdan yurakka o'tadigan do'stlikni ifoda etishiga ishonchimi komil.

Janob Xusayn al-Musallam OOK yaqin orada Xitoy sharqidagi CHjeczyan provinciyasining Xanchjou shahriga borishi va 2022 yil 10-23 sentyabrda bo'lib o'tadigan 19-Osiyo o'yinlarini rejalashtirish va bu rejalarni amalga oshirish bo'yicha birgalikdagi ishlarini boshlashiga umid qilayotganligini ham bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing