So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

29 avg 12:48
Yangiliklar

Boks/MMA

"Xanter" Ishimbaev: "Xamzatga tayyorgarlik ko'rgandim, Qurbonov ham jiddiy raqib"

Bugun "Xanter" laqabi bilan tanilgan Ilnar Ishimbaev Prime FL ligasining o'rta vazn (84 kg gacha) toifasidagi chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Bobur "Qarshilik" Qurbonovga qarshi jang qiladi.

Ushbu to'qnashuv Ufada bo'lib o'tadigan Prime FL turnirining markaziy voqeasi bo'ladi. Dastlab Ishimbaevning raqibi "Maestro" laqabli Xamzat Kuriev bo'lishi kerak edi. Jangga bir haftacha qolganida jarohat sabab Xamzat safdan chiqdi. Ishimbaev raqib almashinuviga bo'lgan munosabatini shunday bildirdi.

"Xamzatning jangdan chiqib ketishi meni deyarli ajablantirmadi. Hozirgi vaziyat shunaqa... Hammasi tez-tez o'zgarib turibdi. Ochig'ini aytaman – bizning bo'lajak qarama-qarshiligimizdan xursand edim, chunki bu jang yangi dolzarblik kasb etayotgandi. Ikki uslub jihatidan kuchli jangchi, jang juda qizg'in o'tardi. Bu 100 foiz. Qurbonovda meni birinchi navbatda uning gavdasi o'ylantirdi. Vazn hatto 84 kg emas (bu vazn ko'p jihatdan meniki ham emas), uniki esa, chamasi, 93 kg dan yuqori. Ammo barcha ijobiy va salbiy tomonlarini o'ylab ko'rib, rozi bo'ldim. Vaqt kam, yarim yil jang qilmadim, sog'inib qoldim. U bilan ehtiyotkorroq bo'laman, og'ir vaznli jangchining zarbalarini o'zimda his qilishni istamayman. Qolaversa, bu xalqaro qarama-qarshilik. Bu ham yaxshi", — dedi Ishimbaev.

Ishimbaev g'alaba qozongan taqdirda, qo'lqopsiz janglar tarixida ilk bor ikki vazn toifasida chempion bo'lgan sportchiga aylanadi. "Xanter" ayni damda Prime FL ligasining yarim o'rta vazn (77 kg gacha) toifasidagi chempioni hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing