07 fev 10:37
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
![](/upload/storage/322022_220.jpg)
Xarbin-2025. Daniil Eybog qolgan ikki dasturda ham keyingi bosqich masalasini hal qildi
Xabar berganimizdek, bugundan o'zbekistonlik sportchilar Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini boshladi.
Avvalroq, kun davomida hamyurtlarimizdan faqatgina short-trek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Daniil Eybogning musobaqalarda bahs olib borishi aytilgandi.
27 yoshli Eybogning uchta dasturdagi ishtiroki ham yakunlandi. U uchchala dasturda ham muvaffaqiyatli chiqishlarni amalga oshirib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
1500 m masofaga 2:30.611 natija bilan yarim final yo'llanmasi;
500 m masofaga 41.143 natija bilan chorak final yo'llanmasi;
1000 m masofaga 1:29.268 natija bilan chorak final yo'llanmasi qo'lga kiritildi.
Daniilning ushbu masofalardagi keyingi chiqishi ertaga bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar