12 fev 16:13
Yangiliklar
Xarbin-2025
Xarbin-2025: Jamoliddinova hamda Rahimova qisqa dasturdagi chiqishlarini namoyish etishdi
Xitoyning Xarbin shahrida qishki Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Niginabonu Jamoliddinova hamda Sevinch Rahimova qishki Osiyo o'yinlarida debyut qilishdi. Qisqa dasturdagi ijrosi bilan Jamoliddinova 27.88, Rahimova esa 18.09 ball jamg'arishga erishdi. Endi ular ertaga erkin dasturdagi chiqishlarini namoyish etadilar.
Malumot uchun, mazkur yo'nalishda 25 nafar sportchi ishtirok etdi. Niginabonu bu borada 18, Sevinch esa 24-natijani ko'rsatdi.


Havola :
Manba : olympic.uz
O’xshash yangiliklar
10:07
CHirchiq O'zbek jang sanati bo'yicha mamlakat chempionatiga mezbonlik qilmoqda + FOTOGALEREYA 0
Fikrlar