01 sen 12:14
Yangiliklar
Xaver Mendes Nurmagomedovning nokauti haqida: "Yonida bo'lishim kerak edi"
"Rostini aytsam, hammasi shunchalik tez sodir bo'ldi-ki, o'sha lahzada jag'im tushib qoldi. O'zimga o'zim: "Nima bo'ldi o'zi?" deb o'yladim. Men o'zim ham shokda edim, chunki uni juda yaxshi ko'raman.
Bilasizmi, qachonki biror inson sizga qadrli bo'lsa va shunday mag'lubiyat yuz bersa, bu yanada ko'proq og'riq beradi. O'zimga o'zim: "Yonida bo'lishim kerak edi", deb aytdim. Lekin ko'nglim to'q edi, chunki u juda ishonchli qo'llarda edi. SHunchaki, bazida shunday holatlar bo'lib turadi.
Song boshidanoq aynan o'sha apperkotni urmoqchi bo'lgandi. Umar kurashga kirishayotganda xatoga yo'l qo'ydi va boshini markazdan chetga surdi. Song uni aynan chakka qismiga urdi. Agar seni aynan o'sha joyga urishsa, darhol hushdan ketasan", — dedi Mendes "Submission Radio"ga bergan intervyusida.

Fikrlar