So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

07 apr 08:18
Yangiliklar

Futbol

Xavi "Al Sadd" tarkibida Toshkentga keladigan bo'ldi

Qatar chempioni "Al Sadd" OCHL doirasidagi "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.

Unga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis Jezualdo Ferreyra Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa va Jahon chempioni bo'lgan Xavini o'yin qaydnomasiga kiritgan.

Malumot uchun aytish mumkinki, Xavi yangi mavsumda ilk bor OCHL doirasidagi o'yinda ishtirok etishi mumkin. Gap shundaki, tajribali to'p ustasi jamoaning OCHLdagi dastlabki ikki o'yinida o'ynamagan va xattoki uchrashuv qaydnomasidan ham o'rin olmagandi. Bu gal Qatar chempionlini rasmiylashtirib bo'lgan murabbiy Xavini OCHL o'yiniga olib ketishni maqul topdi.

Xavining OCHLdagi statistikasiga nazar soladigan bo'lsak, futbolchi hozirga qadar mazkur musobaqada jami 13 o'yin o'tkazgan va birgina gol muallifiga aylangan. Xavining OCHLdagi debyut va oxirgi bo'lib turgan goli vakillarimizga qarshi bahsda sodir bo'lgan. O'tgan yilgi guruh bosqichida Qatarda o'tgan bahsda "Al Sadd" safida Xavi OCHLdagi tarixiy golini "Nasaf"ga, hozirda futbolchining bo'lajak raqibi bo'lmish "Paxtakor"ga o'tgan Sanjar Quvvatov darvozasiga kiritgan.

Tajribali yarim himoyachi, "Atletiko" safidagi o'yinlari orqali mashhur bo'lgan Gabi ham "Paxtakor"ga qarshi o'yin qaydnomasidan joy olgan. Qatar chempioni tarkibidagi uchinchi legioneri, jamoaning asosiy to'purari jazoirlik Bag'dod Bunedja ham Toshkentga keladi.

Qayd etish kerakki, Bag'dod Bunedja Qatar chempionatining joriy mavsumida 21 o'yinda 39ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Jazoir terma jamoasi hujumchisi 2019 yil hisobida 9 uchrashuvda ishtirok etdi va jami 12ta gol urishni uddasidan chiqdi. Yangi yil hisobidan Bag'dod Bunedja faqatgina birgina o'yinda, OCHL doirasidagi 1-tur bahsida "Al Ahli" darvozasini ishg'ol etmagan. Qolgan barcha uchrashuvlarda hujumchi raqiblar darvozasiga yo'l topishni uddalamoqda.

"Al Sadd"ning OCHLdagi 3+1 legioner limitiga mos tushuvchi osiyolik futbolchi Jung Vu Yung(Janubiy Koreya) ham qaydnomaga kiritilgan.

Fakt: Ayni paytda "Paxtakor"da o'ynayotgan Sanjar Quvvatov, Odiljon Hamrobekov va Dragan CHeran o'tgan mavsumda "Nasaf" libosida "Al Sadd"ga, xususan Xaviga qarshi maydonga tushishgandi.

Quyida o'tgan turda chempionatda chempionlik masalasini rasman hal etgan "Al Sadd"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin:


Eslatib o'tamiz, "D" guruhidan o'rin olgan "Paxtakor" OCHLning 2-turidan so'ng 4 ochko to'plagan holda guruhda peshqadam hisoblanadi. Bo'lajak raqib "Al Sadd" esa Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi singari 3 ochkoga ega. Eronning "Persepolis" jamoasi esa ikki o'yinda bir ochko to'plashga erishgan. 9 aprel kuni "Paxtakor" Toshkentda "Al Sadd"ni qabul qilsa, "Al Ahli" Eronga safar qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing