So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

30 jan 18:14
Yangiliklar

Futbol

Xavi O'zbekistonga kelishi mumkin, "Nasaf" OCHL guruh bosqichida o'ynaydigan bo'ldi

Teglar :  NasafOCHLFutbolXavi
Qarshining "Nasaf" jamoasi Osiyo chempionlar ligasining saralash o'yinida g'alaba qozondi.

"Ajdarlar" bugun Qarshidagi "Markaziy" stadionda Iordaniyaning "Al Faysali" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi. 

Mezbonlarning to'liq ustunligi ostida kechgan o'yinda o'zbek jamoasi 5:1 hisobida g'alaba qozondi va Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo'llanma oldi. 

O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, bahs "Nasaf"ning ustunligi ostida boshlandi. Bu esa o'z samarasini bermay qolmadi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Igor Golban burchakdan etkazib berilgan zarbani boshi bilan golga aylandira oldi. Ikkinchi gol ham birinchisiga o'xshash bo'ldi. 49-daqiqada Jasur Hasanovning burchakdan oshirgan to'pini kechagina Osiyo chempionatidan qaytib, jamoa safiga qo'shilgan Bobir Abdiholiqov boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. Oradan uch daqiqa o'tib, 52-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Azizjon G'aniev ajoyib zarba evaziga oradagi farqni yiriklashtirdi. 61-daqiqada raqib futbolchilari jarima maydonchasi ichida Islom Kenjaboevga nisbatan o'yin qoidasini buzdilar. Penaltidan esa Dragan CHeran unumli foydalandi va hisobni 4:0 ko'rinishiga olib keldi. 86-daqiqada esa raqib futbolchisi to'pni o'z darvozasiga kiritib, avtogol muallifiga aylandi. Qo'shib berilgan daqiqalarda esa mehmonlar futbolchisi Alban Mehan gol kiritib, hisobni biroz qisqartirdi.

Ushbu g'alaba "Nasaf"ga Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi. 

Jamoamiz endi "S" guruhidagi o'yinlarda ishtirok etadi. Ushbu guruhdan "Persipolis" (Eron), "Al Sadd" (Qatar), "Al Vasl" (BAA) jamoalari o'rin olgan. 

Qatarning "Al Sadd" jamoasi tarkibida ispaniyalik futbolchi, "Barselona"ning sobiq azosi Xavi to'p tepadi. U "Nasaf"ga qarshi bo'ladigan o'yinda yurtimizga tashrif buyurishi mumkin. 


Reyting: +1   

Fikrlar

   
30 jan 20:17:14
Абдуазиз
Baribir Nasaf yutadi xudo xoxlasa
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing