04 apr 17:41
Yangiliklar
Futbol

Xavi va uning rafiqasi Barselonadagi shifoxonaga 1 million evro xayriya qilishdi
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi va uning xotini Nuriya Kunillera Barselonadagi shifoxonaga bir million evro xayriya qilishdi.
Tibbiy muassasa matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Xavi va uning xotini tomonidan xayriya qilingan pul koronavirusga qarshi kurashda ishlatiladi.
Oldinroq "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola infekciyaga qarshi kurash uchun bir milliondan xayriya qilishgandi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya koronavirusga chalinish bo'yicha AQSHdan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda. Mamlakatda 124 736 inson koronavirusga chaligan, ularning 11 744 nafari esa vafot etgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar