18 fev 18:29
Yangiliklar
Futbol

Xavi yozda "Barselona"ni boshqarishi mumkin
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi jamoada Ronald Kumanning o'rnini egallashi mumkin.
Kataloniya klubi keyingi mavsum uchun uning variantini o'rganmoqda. 41 yoshli Xavi 2019 yilning mayida faoliyatini yakunlagan edi.
Uning o'yinchi sifatida so'nggi klubi "Al Sadd" (Qatar) bo'lgan edi va u ayni damda shu jamoani shug'ullantirmoqda.
Xavi "Barselona" libosida o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchidir. Uning hisobida 767ta o'yin bor, Lionel Messi esa 760ta bahs.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar