15 dek 19:26
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

"Xavining o'rniga Zidanni qo'ygan bo'lardim". Xabib barcha davrlarning ramziy terma jamoasi haqida gapirdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "France Football" nashri elon qilgan barcha davrlarning eng zo'r futbolchilaridan tuzilgan terma jamoa haqida o'z fikrini bildirdi.
"Xavining o'rniga Zidanni qo'ygan bo'lardim. Bekkenbauerning o'rniga esa Serxio Ramosni. Murabbiy Del Boske", - deb yozadi Xabib Nurmagomedov o'zinig instagram sahifasida.
Ramziy terma jamoa 3-4-3 sxemasida quyidagicha tuzilgan edi:
Lev Yashin (SSSR) — Paolo Maldini (Italiya), Franc Bekkenbauer (GFR), Kafu (Braziliya) — Lottar Matteus (GFR), Xavi (Ispaniya), Diego Maradona (Argentina), Pele (Braziliya) — Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Ronaldo (Braziliya), Lionel Messi (Argentina).
Havola :
Fikrlar