16 dek 09:35
Yangiliklar
Futbol

“Xebey CHayna Forchun” Messiga yiliga 100 million evro maosh bermoqchi
Xitoyning “Xebey CHayna Forchun” klubi “Barselona” hujumchisi Lionel Messini sotib olmoqchi.
Osiyo klubi vakillari Messiga besh yillik shartnoma va yiliga 100 million evro maosh bermoqchi, deb xabar bermoqda As nashri.
“Barselona” Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqda. Yangi kelishuvga ko'ra argentinalik futbolchi 35 million evro maosh oladi.
2010 yilda tashkil topgan “Xebey CHayna Forchun” klubiga Manuel Pellegrini bosh murabbiylik qilmoqda. Jamoa safida Esekiel Lavessi, Jervino, Stefan Mbia va Gael Kakuta kabi mashhurlar o'ynashmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar