04 sen 08:35
Yangiliklar
Xemilton - Italiya Gran-prisi g'olibi!
“Formula-1” musobaqalarida uch karra jahon chempioni bo'lgan britaniyalik poygachi uchun bu joriy mavsumdagi oltinchi, faoliyatidagi 59-sovrin sifatida qayd etildi.
Xemilton Moncadagi g'alabasi evaziga barcha bosqich yakunlariga ko'ra birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ikkinchi o'rinni Lyuisning jamoadoshi finlyandiyalik Valtteri Bottas egalladi. Kuchli uchlikka germaniyalik pilot Sebastyan Fettel yakun yasadi.
Moncadagi avtodromda poygani 185 000 muxlis tomosha qilgani etiborga molik holat. Italiya Gran-prisi bilan “Formula-1” musobaqasining Evropa qitasidagi poygalari yakunlandi. Ikki haftadan so'ng pilotlar Singapurda jam bo'lishadi.
Formula-1. Italiya Gran-prisi
Lyuis Xemilton (Mersedes) – 1:15,32,310
Valtteri Bottas (Mersedes) +4,471
Sebastyan Fettel (Ferrari) +36,317
Daniel Rikkardo (Red Bull) +40,335
Kimi Raykkonen (Ferrari) +1:00,082
Esteban Okon (Fors Indiya) +1:11,528
Lens Stroll (Uilyams) +1:14,156
Felipe Massa (Uilyams) +1:14,834
Serxio Peres (Xaas) +1:15,276
Maks Ferstappen (Red Bull) +1 aylana
Kevin Magnussen (Xaas) +1 aylana
Daniil Kvyat (Toro Rosso) +1 aylana
Niko Xyulkenberg (Reno) +1 aylana
Karlos Sayns (Toro Rosso) +1 aylana
Romen Grojan (Xaas) +1 aylana
Paskal Verlyayn (Zauber) +2 aylana
Finishga etib kelmaganlar:
Fernando Alonso (Maklaren)
Markus Eriksson (Zauber)
Stoffel Vandorn (Maklaren)
Jolion Palmer (Reno)
Fikrlar