01 sen 14:50
Yangiliklar
Xitoy "CHellenjer"ida o'zbek derbisi bo'lib o'tdi
International Challenger-Zhangjiagang saralash turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov ikki g'alabasi evaziga asosiy to'r yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Birinchi raketkamiz Sergey Fomin esa reytingdagi o'rni bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rda qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi.
Etiborlisi, qura natijasiga ko'ra ikki tennischimiz asosiy to'rning ilk davrasida o'zaro to'qnash keldi. Biroz avval yakuniga etgan 1/16 final uchrashuvida Sultonov Fominni 7/5, 6/0 hisobida mag'lubyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Sultonov ATP reytingida 466, Fomin 295-o'rinni egallab turibdi. Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Humoyun 13, Sergey 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Fominda uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Tennischilarimizning o'zaro uchrashuvlarida Sultonov oldinda bormoqda - 3:1.
Endi Humoyun Sultonov 1/8 finalda avstraliyalik 24 yoshli Enco Agiardga qarshi kortga chiqadi. ATP reytingida 513-pog'onasida borayotgan Yashil qita vakili 1/16 finalda turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan, jahon reytingida 255-o'rinni band etgan yaponiyalik Xayato Macuokani musobaqadan chiqarib yubordi - 6/3, 6/4.

Fikrlar