18 noy 13:40
Yangiliklar
Futbol

Xitoy kanali 700 mln dollar evaziga APL o'yinlarini 3 yil namoyish etadi
Angliya premer-ligasi o'yinlarini namoyish etish huquqini 700 million dollar evaziga Xitoyga sotdi.
2019-2022 yillarda Xitoydagilar Angliya chempionati o'yinlarini tomosha qilishadi. Bu APL tarixida eng katta xorijiy kelishuv bo'ldi: Har bir mavsum uchun 233 million dollarni tashkil etmoqda.
PPTV telekanali 2019-2022 yillarda Xitoyda o'yinlarni namoyish etadi. Ushbu kanal Suning group kompaniyasiga tegishli.
Havola :
Fikrlar