So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

21 apr 16:34
Yangiliklar

Boshqalar

Xitoy Olimpiya qo'mitasining ispan sportchilariga sovg'asi

Teglar :  IspaniyaXitoyNiqob
Ispaniya Olimpiya qo'mitasi Xitoy Olimpiya qo'mitasi tomonidan sovg'a qilingan 9000 ta niqobni qabul qilib olganligini malum qildi.

– Biz Xitoy Olimpiya qo'mitasining hozirgi vaqtda bizga bag'rikenglik namunasini ko'rsatganidan juda minnatdormiz, – dedi Ispaniya Olimpiya qo'mitasining prezidenti Alexandro Blanko. – Bu pandemiya davom etayotgan bugungi kunda daryodan tomchidek tuyulsa ham ularning bu himmati juda yuqori baholanishi kerak.

Alexandro Blankodan COVID-19 pandemiyasi davom etayotgan hozirgi paytda sport olami qanday qilib o'ziga kelishi mumkinligi haqida so'rashganida, sportchilarning salomatligidan xavotirda ekanligini, bu qanday davom etishini ehtiyotkorlik bilan kuzatayotganligini bildirdi.

Xitoy Olimpiya qo'mitasining Ispaniya Olimpiya qo'mitasiga hayriyasi Xalqaro olimpiya qo'mitasining sobiq prezidenti Xuan Antonio Samaranch jamg'armasining ko'maklashuvi bilan amalga oshirildi.

– Xitoy Olimpiya qo'mitasi Ispaniya sportidagi vaziyatdan tashvishda ekanligini anchadan beri bildirib kelayotgan edi, – deydi Xuan Antonio Samaranch jamg'armasining rahbari kichik Samaranch.

Kichik Samaranch, shuningdek, Xitoy Olimpiya qo'mitasining Ispaniya Olimpiya qo'mitasiga hayriyasi ispan sportchilariga niqob sovg'a qilish orqali ular salomatligini himoyalash maqsadini ko'zlaganligini alohida takidladi.

Malumki, Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni bo'yicha hozir jahonda AQSHdan keyin ikkinchi, Evropada esa birinchi o'rinni egallab turibdi. 20 apreldagi rasmiy malumotlarga ko'ra, Ispaniyada koronavirusga 200 ming 210 kishi chalingan, bu infekciyadan 20 ming 852 kishi vafot etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing