04 dek 11:11
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/23958_220.jpg)
Xitoylik 16 yoshli tennischi Australian Open turniriga wild card yutib oldi
Xitoylik 16 yoshli Sin-YU Van “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning to'rtta musobaqasidan dastlabkisi “Australian Open”ning asosiy to'riga wild card, yani imtiyozli yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Dunyo reytingida 764-o'rinni egallab turgan xitoylik yosh iqtidor egasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tennischilari uchun o'tkazilgan saralash turnirining final bahsida Papua-Yangi Gvineya vakilasi Ebigeyl Tere-Apisni 4:6, 7:5, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Sin-YU Van 16 yoshida “Katta Dubulg'a” turkumidagi
turnirlarning asosiy to'rida o'ynaydigan uchinchi tennischiga aylandi. Xitoylik
tennischiga qadar amerikalik Amanda Anisimova hamda rossiyalik Anastasiya Potapovaga
ham bunday baxt nasib etgan edi.
Havola :
Fikrlar