21 mar 17:41
Yangiliklar
Futbol

Xitoylik futbolchi Ispaniyada koronavirusga chalindi
"Espanol"ning xitoylik yarim himoyachisi Vu Leyning koronavirus uchun topshirgan testlari ijobiy chiqdi.
28 yoshli futbolchi Ispaniyada koronavirus infekciyasini yuqtirib oldi. U hozirda Barselonadagi uyida karantinda.
Futbolchida kasallikning engil alomatlari bor. U davolanish jarayonida. Xitoy futbol associaciyasi (CFA) yarim himoyachining kasalligidan xabardor va kerakli yordamni ko'rsatadi.
Vu Ley Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o'ynayotgan yagona xitoylikdir. Endi u koronavirusga chalingan ilk xitoylik professional futbolchi ham bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar