So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

01 may 08:07
Yangiliklar

Boshqalar

Xiva Bahodirlar o'yini bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Nufuzli musobaqa oldidan Sirdaryoning Baxt shahrida O'zbekiston ochiq chempionati bo'lib o'tdi.

Tan olish kerak, Bahodirlar sport o'yini respublikamizda eng yosh, tashkil etilganiga hali ko'p bo'lmagan esada xalqaro maydonlarda o'ziga xos obro'ga, o'rniga ega bo'ldi.

Mamlakatimiz nafaqat qita, balki jahon miqyosidagi ko'plab xalqaro turnirlarga mezbonlik qilishga ulgurgan. Yana bir oydan so'ng yurtimiz navbatdagi nufuzli musobaqani qabul qiladi.

photo5350831770058205847.jpg

Sport mutasaddilari va pahlavonlarimiz 7-12 iyun kunlari Xiva shahrida bo'ladigan yoshlar (2001-2003 yillarda tug'ilgan atletlar) o'rtasidagi jahon chempionati hamda kattalar o'rtasida 1-Osiyo ochiq chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishyapti.

Mazkur musobaqa Paxlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlanishi bilan ham ahamiyatli. O'yinlar, sezib turganingizdek, ochiq osmon ostidagi muzey, yani Ichan qalada tashkil etiladi.

photo5350831770058205848.jpg

Osiyo va jahon chempionati oldidan Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida Bahodirlar sport o'yinining tosh ko'tarish turi bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati o'tkazildi. Unda Farg'ona va Navoiy viloyati vakillaridan tashqari barcha viloyat va shaharlarning 200dan ziyod sportchilari sovrinlar uchun bahs olib bordi. SHuningdek, imkoniyati cheklangan sportchilar o'rtasida ham bellashuvlar o'tkazildi.

Musobaqada quyidagi polvonlar bosh sovrin sohibi bo'lishdi:

O'smirlar o'rtasida (2001-2003 y.t.):

Qudratullo Norboev (60 kg, Paxtaobod)

Asadbek O'zganboev (70 kg, Xo'jaobod)

Normuhammad Muxtorov (70 kg, Xo'jaobod)

SHohruh Bahodirjonov (75 kg, Paxtaobod)

Nasrullo Yo'ldoshev (75 kg, Paxtaobod )

Asadullo Turkistonov (55 kg, Xo'jaobod).

Yoshlar o'rtasida (1997-2000 y.t.):

Muhammadali Fayzullaev (60 kg, Sirdaryo)

Adhamjon Islomov (65 kg, Toshkent shahri)

Sarvar Arslonboev (75 kg, Sirdaryo)

Ikrom Sattorov (90 kg, Sirdaryo)

Marufjon Hakimjonov (90 kg, Sirdaryo)

Ayollar o'rtasida:

Ruxshona Tolibjonova (55 kg, Paxtaobod)

Rushana Bozorboeva (60 kg, Paxtaobod)

Yodgoroy Najimova (70 kg, Xo'jaobod)

Nigora O'zganova (+70 kg, Xo'jaobod)

Kattalar o'rtasida:

Sardor Ergashev (60 kg, Sultonobod)

Qodirjon Arziboev (65 kg, Toshkent sh.)

Ulug'bek SHarofuddinov (80 kg, Sirdaryo)

Ibrohim Nazarov (90 kg, Toshkent sh.)

Islombek Hakimjonov (+90 kg, Sirdaryo)

Nogironlar o'rtasida:

Sirojiddin Mamajonov (70 kg, Xo'jaobod)

Javohir Xalilov (80 kg, Paxtaobod)

Bahodirlar o'yini bo'yicha bosh sovrin sohibi G'iyosdin Ahmedov (Andijon sh.)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing