So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

08 iyu 17:52
Yangiliklar

Boshqalar

Xivada uzoq kutilgan “Bahodirlar o'yini” boshlandi FOTO

Teglar :  Bahodirlar o'yini
Bugun ertalab Xiva shahrida atoqli shoir, faylasuf va mashhur polvon Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan “Bahodirlar o'yinlari” I-xalqaro turniri hamda tosh ko'tarish bo'yicha Osiyo ochiq chempionati boshlandi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi Xivaning “Ichan qala”tarixiy majmuasiga olib kiruvchi Ota darvoza oldida bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xorazm viloyati va Xiva shahri hokimligi hamda Xalqaro va O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyalari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari va sayyohlar ishtirok etdilar.

O'z navbatida so'zga chiqqan Xiva shahar hokimi Sobirjon Jumaniyozov va boshqalar musobaqaning ahamiyati haqida fikr bildirib, bellashuvlarning yuqori saviyada o'tishiga ishonch bildirishdi. SHundan so'ng, xorazmlik sanat ustalari ishtirokida madaniy dastur namoyish etildi. Ochilish tantanalari tugagach, sportchilar Pahlavon Mahmud qabrini ziyorat qilishga yo'l olishdi. 

“Bahodirlar o'yinlari”da dunyoning eng sara 15 ta sportchisi ishtirok etmoqda. Jumladan, Pavlo Kordiyako(Ukraina), Cxu Xuang(Xitoy), Djeremi Xogg(Avstraliya), Aleksandr Kuzmin(Rossiya), Vagner Meneses Dos Santoz(Braziliya), Vusal Mardonov(Ozarbayjon), Reza Gjaetasi(Eron), Ioannis Papakalas(Greciya),    Aikram Singx(Hindiston), Micuki Toyota(Yaponiya), Sergey Trubicin, Hamza Primov, G'iyosiddin Ahmedov, SHuhrat Alixanov(hammasi O'zbekiston)lar g'oliblik uchun kurashmoqda.

Nihoyat, dastlabki bellashuv bo'lib o'tdi. Unda qatnashchilar “Qo'qon arava” deb nomlangan mashqni tezkorlik bilan bajarish bo'yicha kuch sinashishdi. Qoidaga ko'ra, sportchilar har birining ichiga og'irligi 100 kilogrammdan qum to'ldirilgan 2 ta qopni aravaga yuklab, belgilangan masofaga eltib qo'yishi lozim bo'ldi. Ayni damda, turnir dasturidan o'rin olgan musobaqalar davom etmoqda.

Ikrom Xudoyberganov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing