So’nggi yangiliklar

16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0

25 iyu 16:53
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

XIX Osiyo o'yinlarining musiqasi uchun konkurs elon qilindi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Xitoyning Xanchjou shahrida 2022 yili bo'lib o'tadigan XIX Osiyo o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi ushbu qita sport tantanalarining bosh musiqiy kompoziciyasi uchun tanlov elon qildi.

Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al Sabaxning takidlashicha, “2022 yilgi XIX Osiyo o'yinlarining musiqasi nafaqat Xitoy, balki butun qita xalqlarining tillarida jaranglashi va dunyo ahlining eng sevimli qo'shiq-kuyi bo'lib qolmog'i lozim”.

O'tgan Osiyo o'yinlarida jaranglagan musiqiy tuplamlar mundarajasiga etibor qaratilsa, 2006 yili Doxa o'tgan qita o'yinlarida gonkonglik itedodli musiqachi Jeki CHungning “Hozir birgamiz” kuy-qo'shig'i yangragan bo'lsa, 2010 yili Guanchjo (Xitoy) shahridagi o'yinlarda esa 1600 nomzod orasida Xitoyning Reunion" (Chongfeng) gruppasi o'z musiqiy albomi bilan g'olib chiqqandi. 2014 yili J. Koreyaning Inchon shahrida o'tgan Osiyo o'yinlarida koreyalik “JYJ Yaponiyada” gruppasi o'zining mashhur "Only One" musiqasi bilan bunday sharafga loyiq ko'rilgandi.

2018 yili Indoneziyada o'tkazilgan XVIII Osiyo o'yinlarida esa indoneziyalik “Beyonse” qizlar musiqiy gruppasi o'yinlarning rasmiy kompoziciyasini ijro etishgandi.

Tashkiliy qo'mita azolarining bildirishicha, bu yilgi o'yinlarning musiqiy jamlanmasi tom manoda qitaning barcha mamlakatlari va xalqlarini qamrab olmog'i lozim.

Aytish lozimki, ushbu yozgi Osiyo o'yinlari 2022 yilning sentyabr oyida bo'lib o'tadi. XIX Osiyo o'yinining bosh musiqiy kompaziciyasiga davogarlarning ariza va albomlari o'rtasidagi tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 30 noyabrigacha bo'lib o'tadi, deya xabar bermoqda Osiyo olimpiya kengashining rasmiy sayti.

To'lqin RO'ZIEV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing