18 okt 08:13
Yangiliklar
Xoakin Baklini nokaut qilishdi + FOTOGALEREYA
Amerikalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Xoakin Bakli kanadalik Mayk Melottga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang ikkinchi raundda Melottning qarshi zarba bilan erishgan nokauti evaziga yakunlandi.
Ikkinchi besh daqiqalik davomida Mayk raqibini xatoga yo'l qo'ygan joyida ushlab oldi — Bakli bir vaziyatda biroz egildi va shu zahoti kanadalik sportchining o'ng tizza zarbasini to'g'ri jag'iga qabul qilib oldi. Amerikalik jangchi yiqildi, mezbonlar vakili esa zarbalar evaziga finishni amalga oshirdi. Referi bu vaziyatda jangni to'xtatdi.
Eslatib o'tamiz, Xoakin Bakli MMAda 21 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyatga ega. Bu uning ketma-ket uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. Melott esa professional MMAda 15 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U hozirda ketma-ket beshta g'alabali seriya bilan kelmoqda.
Kecha Bakli turnir oldidan intervyu savollariga javob berishdan, shuningdek, promoushen rahbari Dana Uayt bilan qo'l berib ko'rishishdan bosh tortgan edi.















Fikrlar