08 fev 21:14
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Xokkey bo'yicha ilk tarixiy O'zbekiston chempionatining birinchi o'yini bo'lib o'tdi
Hozirgina xokkey bo'yicha birinchi tarixiy O'zbekiston chempionatining ilk uchrashuvi yakunlandi.
Xabar berganimizdek unda poytaxtning ikki vakili Toshkent va mamlakatimizdagi dastlabki xokkey jamoasi Binokor o'zaro kuch sinashdi. Qizg'in va murosasiz kechgan o'yinda garchi tashkil topganiga uncha ko'p bo'lmagan esada Toshkent jamoasi xokkeychilari g'alaba qozonishdi. Hal qiluvchi uchinchi bo'limda Maksim Parvanov shayba kiritib hisobni 4-1 ko'rinishiga keltirdi.
O'yin tugashiga sanoqli soniyalar qolganda Toshkent jamoasi vakili Egor Studenov ham o'z nomini tabloga yozib qo'ydi, yakuniy hisob 5-1. Aftidan hech kim Binokorning yirik hisobda yutqazishini kutmagan bo'lsa kerak.
Ayni daqiqalarda ikkinchi o'yinda Xumo va Semurg' jamoalari muzga chiqishgan.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar