28 apr 16:53
Yangiliklar
Xokkey

Xokkey bo'yicha Qirg'iziston terma jamoasi Jahon chempionatida g'olib bo'lib, ikkinchi divizionga yo'l oldi
Bu haqda Qirg'iziston xokkey federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Xokkey bo'yicha Qirg'iziston milliy terma jamoasi III A divizionida jahon chempionligini qo'lga kiritib, ikkinchi divizionga yo'l oldi. Turnir Istanbulda bo'lib o'tdi. Xokkeychilarimiz Bosniya va Gercegovina, Janubiy Afrika, Lyuksemburg, Turkmaniston va Turkiya terma jamoalarini ishonchli tarzda mag'lub etishdi. Kelasi yili Qirg'iziston milliy terma jamoasi II B divizionida o'ynaydi", deyiladi xabarda.
Avvalroq, O'zbekiston xokkey terma jamoasi IV divizionda bahs olib borib, g'alaba qozongan holda III B guruhiga yo'llanma olgandi.
Havola :
Manba : sputnik.kg
Fikrlar