15 jan 13:52
Yangiliklar
Xokkey
Xokkey. Bugun "Humo" safarda "Torpedo"ga qarshi muzga chiqadi
Bugun xokkey bo'yicha Qozog'iston Ochiq chempionati doirasida "Torpedo" hamda "Humo" jamoalari o'rtasidagi so'nggi, beshinchi uchrashuv o'tkaziladi.
O'yin soat 17:30 da, Ust-Kamenogorsk shahridagi "B.Aleksandrov nomidagi muz saroyi"da boshlanadi.
Jamoalar o'rtasida sentyabr va dekabr oylarida o'tkazilgan to'rtta uchrashuvning barchasida "Humo" zafar quchgan.
Malumot o'rnida, Muntazam chempionat jadvalida "Humo" ayni damda 66 ochko bilan ikkinchi, "Torpedo" esa 50 ochko bilan to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar