08 noy 08:39
Yangiliklar
Xokkey
Xokkey. "Humo" bugun muntazam chempionat doirasida "Aktobe"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazadi
Bugun xokkey bo'yicha Qozog'iston ochiq chempionati doirasida "Aktobe" jamoasi Toshkentning "Humo" klubiga qarshi ikkinchi uy o'yinini o'tkazadi.
Jamoalar o'rtasida bu mavsum hisobidan so'nggi bor tashkil etiladigan bahs Aktobe shahridagi "Aktobe Arena"da bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan uchrashuvda "Aktobe" 2:1 hisobida vakillarimizdan ustun kelgan edi.
Muntazam chempionat doirasida Toshkentda o'tgan ikkita uchrashuvning har ikkisida "Humo" "Aktobe"dan ustun kelgan edi (6:2, 4:0).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar