14 dek 13:22
Yangiliklar
Xokkey
Xokkey. "Humo" darvozaboni bir oyga safdan chiqdi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi darvozaboni Timur Meyder "Torpedo"ga qarshi safardagi ikkinchi o'yin paytida jarohat oldi.
Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Meyder o'yin paytida tanasining pastki qismidan jarohat olgan va natijada almashtirilgan.
SHifokorlar malumotiga ko'ra, Timur yanvar oyi avvalida jamoa safiga qaytadi.
Malumot o'rnida, Timur Meyder noyabr oyida "Arlan" jamoasidan ijaraga olingan edi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar