So’nggi yangiliklar

18:30Махачев Перейрани UFC’нинг Топ-5 жангчилари қаторига киритмади 0 18:09Сергей Фомин Баҳрайндаги турнирда 1/4 финалга йўл олди 0 17:48"Реал" ўз стадиони номига ўзгартириш киритди 0 17:27Жаҳон кубоги. Жавоҳир Синдаров ҳам 1/8 финалга чиқди 0 17:06Эдди Хирн: "Эннис - Ортис жанги шартлари келишиб олинди" 0 16:45Жек Делла Маддалена: "Махачевни қўрқинчли туш кутмоқда" 0 16:34Ислом бирдамлиги ўйинлари. Муай-тай устаси Азиза Маъмурова бронза медалини қўлга киритди 0 16:24Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якунланса, экстра таймларга мурожаат қилинадими? 0 16:03Валентина Шевченко: "Мен "уруш"га тайёрман, лекин жанг осон бўлмайди" 0 15:42Дана Уайт: "Араблар Хабибни пулга кўмиб ташлашди, натижада жанг қилишининг ҳожати қолмади" 0 15:21Максим Шин бошдан баланд сакрай олмади 0 15:00"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда 0 14:39UFC 322: 14 та тўқнашув, 2 та чемпионлик жанги (тўлиқ кард) 0 14:18Соболенко бир мавсум учун мукофот пуллари бўйича Уильямснинг рекордини янгилади 0 13:57Ўзбекистон таэквондо федерацияси раҳбари “PTF Hall of Fame-2025” мукофоти билан тақдирланди 0

17 fev 09:22
Yangiliklar

Xokkey

Xokkey. "Humo"ning "Beybaris"ga qarshi kechagi o'yini noodatiy sabab bilan bekor qilindi va toshkentliklarga g'alaba yozildi

Kecha xokkey bo'yicha Qozog'iston Ochiq chempionati doirasida "Beybaris" hamda "Humo" jamoalari o'rtasidagi so'nggi, beshinchi uchrashuv o'tkazilishi kerak edi.

Biroq o'yin bekor qilindi. Bu haqda "Humo" matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Beybaris" jamoasi muz maydoni tayyor emasligi sababli 0:5 hisobida texnik mag'lubiyatga uchradi.

Atiraudagi elektr taminotidagi uzilish bilan bog'liq fors-major holatlar tufayli uchrashuvni muz maydonida o'tkazish mumkin bo'lmay qoldi. Qozog'iston chempionati Reglamentining 6-bobi 31-moddasi 4-bandiga ko'ra, agar muz yig'ish mashinasi yoki muz maydonida texnik nosozliklar bartaraf etishning iloji bo'lmasa, maydonning mezbon jamoasi 0:5 hisobda mag'lubiyatga uchragan deb hisoblanadi. Bunday o'yinlar kunini o'zgartirish va/yoki takrorlashga yo'l qo'yilmaydi", deyiladi xabarda.

Bu jamoalarning muntazam chempionat doirasidagi so'nggi o'yinlari edi. SHunday qilib, Toshkentning "Humo" jamoasi Qozog'iston muntazam chempionatini 79 ochko bilan ikkinchi o'rinda yakunladi va pley-off bosqichiga yo'l oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing