22 sen 09:52
Yangiliklar
Xokkey
Xokkey. "Humo"ning etakchi xokkeychilaridan biri jarohat sabab yarim yilga safdan chiqdi
Xabaringiz bor, Toshkentning "Humo" xokkey klubi joriy mavsumda ham Qozog'iston Ochiq chempionatida ishtirok etmoqda.
Jamoa mavsum avvalidayoq jiddiy yo'qotishga duch keldi.
Klub hujumchisi Anton Glovackiy 20 sentyabr kuni Pavlodarning "Irtish" jamoasiga qarshi kechgan ikkinchi uy uchrashuvida jarohat olgani malum bo'ldi. "Humo" matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, hujumchi kamida olti oy muddat muzga qaytmaydi.
Malumot uchun, 35 yoshli rossiyalik forvard bu mavsum "Humo" safida jami 14 ta o'yin o'tkazib, 16 ochko (5+11) ishlagan edi.
SHuningdek, yana bir hujumchi Vadim SHegolkov va himoyachi Aleksandr Sorokinda ham kichik jarohat kuzatilgan.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar