18 apr 11:32
Yangiliklar
Xokkey

Xokkey. JCHdagi so'nggi tur oldidan peshqadamlikni saqlab turibmiz (+Jadval)
Armanistonda xokkey bo'yicha jahon chempionatining IV divizioni bahslari davom etmoqda.
Kecha guruhda 4-tur bahslari bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston terma jamoasi Indoneziyani 26:1 hisobida mag'lub etgani haqida avvalroq xabar bergandik. Armaniston 4-turda Erondan 8:0 hisobida ustun keldi. Quvayt Malayziyani 22:9 hisobida engdi.
Ortda qolgan 4 ta tur yakuniga ko'ra, vakillarimiz guruhda peshqadam bo'lib turishibdi. Endi ertaga, 19 aprel kuni terma jamoamiz guruh autsayderi Malayziya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Guruhda faqat birinchi o'rinni egallagan jamoa III divizionga yo'l oladi.
5-tur oldidan guruh jadvali quyidagi ko'rinishda:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar