15 sen 08:36
Yangiliklar
Xokkey. Kechagi o'yinlardan so'ng Qozog'iston Ochiq chempionati turnir jadvali qanday ko'rinish oldi?
Jumladan, Toshkentning "Humo" klubi Qarag'anda shahrining "Sariarka" klubini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
SHuningdek, "Nomad" "Almata"ni 5:2, "Irtish" "Beybaris"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. "Aktobe" jamoasi esa safarda "Torpedo"ni 2:1 hisobida engdi. SHuningdek, yana bir o'yinda "Gornyak" mehmonda "Kulager"ni 2:1 hisobida taslim etdi.
Ushbu o'yinlardan so'ng "Humo" peshqadamlikni mustahkamlab, ochkolari sonini 8 taga etkazib oldi. Ikkinchi o'rinda "Aktobe" jamoasi kelmoqda - 6 ochko. Uchinchi o'rinda kelayotgan "Nomad" jamoasi hisobida esa 4 ochko mavjud.
To'liq jadval:
Malumot uchun, "Humo" keyingi o'yinini 19 sentyabr kuni Toshkentda "Irtish"ga qarshi o'tkazadi. Bahs 19:30 da start oladi.
Fikrlar