19 avg 16:50
Yangiliklar
Xokkey

Xokkey terma jamoalarimiz Tataristonda yig'in o'tkazyapti, o'rtoqlik o'yinlarining birida 1:20 hisobi qayd etildi
SHu kunlarda xokkey bo'yicha O'zbekiston U-18 va U-20 terma jamoalari Tataristonning Almetevsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
Kecha jamoalarimiz o'rtoqlik o'yinlarida muzga chiqdi.
U-18 yosh toifasidagi yigitlarimiz mahalliy "Neftyanik" klubining 2010 yilda tug'ilgan xokkeychilardan iborat jamoasiga qarshi bahs olib bordi va yakunda o'ta yirik 1:20 hisobidagi mag'lubiyat alamini totib ko'rdik.
O'zbekiston U-20 terma jamoasi xokkeychilari esa "Neftyanik" U-17 bilan bellashuvda 1:6 hisobida yutqazishdi.
Havola :
Manba : t.me/abmhockey
Fikrlar