12 apr 09:34
Yangiliklar
Xokkey

Xokkey terma jamoamiz Jahon chempionatida debyut qilish uchun Armanistonga jo'nab ketdi (FOTO)
O'zbekiston xokkey terma jamoasi o'z tarixida ilk bor kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Termamiz 13–19 aprel kunlari Armaniston poytaxti Erevan shahrida tashkil etiladigan IV divizion bellashuvlarida mezbon Armaniston, Kuvayt, Indoneziya, Malayziya va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Xokkeychilarimiz kecha tongda Toshkent xalqaro aeroportidan Erevan shahri tomon yo'lga otlandi. O'zbekiston muz ustida xokkey federaciyasi matbuot xizmati tarqatgan suratga ko'ra, termamiz musobaqada "Adidas" kompaniyasi tomonidan tayyorlangan ekipirovkalardan foydalanadi.
Avvalroq, chempionatda ishtirok etuvchi tarkibimiz haqida malumot bergandik.
Havola :
Manba : t.me/uz_hockey
Fikrlar