23 iyu 12:37
Yangiliklar
Futbol
Xoland "Bavariya"ga qarshi o'yinda "Manchester Siti" tarkibida debyut qiladi
"Manchester Siti" yangi o'yinchisi Erling Xoland debyutga tayyor.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalikka "Bavariya"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishonadi: "Agar to'shakdan yiqilib, to'pig'ini sindirib olmasa o'ynaydi".
"Bavariya" — "Manchester Siti" o'rtoqlik o'yini yakshanba kuni Grin-Beydagi "Lembo Fild" stadionida bo'lib o'tadi.
21 yoshli Xoland 1 iyulda "Manchester Siti"ga Dortmundning "Borussiya" klubidan 60 million evro evaziga o'tgandi. Norvegiyalik futbolchi o'tgan mavsum nemis jamoasi tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar