25 jan 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Xollouey BMF kamarini UFC sobiq chempionidan himoya qilishi mumkin
Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra (35-10) yarim engil vazn sobiq chempioni Maks Xolloueyga (27-8) jang qilishni taklif qildi.
"Agar Islam faqat oktyabr oyida jang qilmoqchi bo'lsa, men albatta tezroq qaytishim kerak bo'ladi. SHuning uchun nega Maks Xolloueyni BMF kamari uchun jangga chorlamasligim kerak?
U bilan oldinroq ham uchrashgandik, lekin jarohat olganim uchun haqiqiy jang bo'lmagandi. Menimcha, biz bu jangga loyiqmiz", deb yozdi Oliveyra o'zining Twitter sahifasida.
Maks esa taklifga rozi bo'ldi: "Xalqaro jang haftaligi haqida nima deysiz?".
Malumot uchun, bundan 10 yil oldin bo'lib o'tgan Maks Xollouey va CHarlz Oliveyraning ilk jangida amerikalik sportchi g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar