16 noy 15:20
Yangiliklar
Boshqalar
XOQ Milliy Olimpiya qo'mitalarni Rossiyada o'tkaziladigan Do'stlik o'yinlarida qatnashish bo'yicha ogohlantirdi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Milliy olimpiya qo'mitalarni Rossiyada o'tkaziladigan Do'stlik o'yinlarida ishtirok etishini istamayapti.
XOQ vakili Jeyms Maklaudning fikriga ko'ra, bu Rossiyaga nisbatan sankciya tavsiyalariga zid bo'ladi.
"Dunyo sportida siyosiylashuv ko'payib borayotganini hisobga olgan holda, Milliy olimpiya qo'mitalaridan ushbu tashabbusga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishlarini so'raymiz.
Butunjahon do'stlik o'yinlarida ishtirok etish nafaqat XOQNing 2022 yil 25 fevralda Rossiyadagi sport tadbirlarida ishtirok etish bo'yicha tavsiyasi, balki Olimpiya harakatida mustaqillikni saqlab qolish masalalariga ham zid bo'ladi", - dedi Maklaud.
Eslatib o'tamiz, Do'stlik o'yinlari 2024 yilning sentyabrida Rossiyada o'tkaziladi.
Havola :
Manba : InsideTheGames
Fikrlar