So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

28 iyu 08:32
Yangiliklar

Stol tennisi

Xorazm viloyati sportchilari uchun onlayn mashg'ulot tashkil etildi

Teglar :  Stol tennisiXorazm
Xorazm viloyati stol tennischilari uchun onlayn mashg'ulot o'tkazildi.

Barchaga malum, hozirgi vaqtda yurtimizda qatiy karantin holati davom etmoqda, ammo shunga qaramasdan O'zbekiston stol tennisi federaciyasi vakillari sportchilarning mahoratlarini oshib borish maqsadi «ZOOM» ilovasi orqali onlayn mashg'ulotlarni tashkil etishda davom etmoqda. Bu safargi onlayn mashg'ulotda Xorazm viloyati terma jamoasi murabbiylari va sportchilari ishtirok etishdi. Mashg'ulotni Xorazm terma jamoasi murabbiyi Farruh Rajabov olib bordi. Tadbirni federaciya rahbariyati kuzatib bordi.

«Bugungi holatda hech kimga oson bo'lmayapti. Karantin sababli barcha musobaqalar, mashg'ulotlar va tadbirlarni onlayn o'tkazmoqdamiz. Hozirda davom etayotgan qiyin holatga qaramasdan, to'liq kuch bilan ishlayotgan federaciya xodimlari, barcha murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. Karantin qachon tugashini hech kim bilmaydi, shu sababli onlayn tarzda mashg'ulotlarni davom ettirishimiz kerak. Sababi hech bir stol tennischimiz jismoniy xolati va texnikasini yo'qotmasligi lozim. Karantin vaqtida bir nechta musobaqalar tashkil etildi va hozirda 10 -14 yosh toifasida navbatdagi onlayn turnir davom etmoqda», - deydi O'zbekiston stol tennisi federaciya raisi Saida Mahmudova.

Onlayn mashg'ulot davomida yosh tennischilarimiz uchun Osiyo stol tennisi federaciyasi tomonidan tayyorlangan o'quv-qo'llanma ham namoyish etildi. Bu qo'llanma orqali stol tennischi va murabbiylar o'zi uchun kerakli va foydali maslahatlarini olishga muvaffaq bo'ldi.

«To'g'ri hozir karantin, lekin bu degani mashg'ulotlarni to'xtatib qo'yishimiz kerak degani emas. Har bir stol tennischi uchun alohida mashg'ulot dasturi ishlab chiqilgan va bularni barchasini onlayn tarzda kuzatib bormoqdamiz»,- dedi viloyat terma jamoasi murabbiyi Farruh Rajabov.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing