So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

26 dek 10:12
Yangiliklar

Boshqalar

Xorazmda badminton bo'yicha O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

19-25 dekabr kunlari Urganch shahrida 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il va qizlar o'rtasida badminton bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi.

Unda sportchilar yakkalik, juftlik, mikst (aralash juftlik) va jamoaviy birinchilikda g'oliblik uchun bahs yuritishdi. Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindorlar O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va O'zbekiston badminton federaciyasi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Quyida yo'nalishlar bo'yicha O'zbekiston kubogining barcha g'olib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin:

Yakkalik. O'g'il bolalar 

1. G'. Jabborov (Xorazm) 

2. M. Adhamjonov (Andijon) 

3. Z. Farhodov (Xorazm), A. Sotimboev (Xorazm). 

Qizlar 

1. Diana Garamova (Toshkent) 

2. D. Sotimboeva (Xorazm) 

3. R. Abduraimova (Andijon), B. Qosimjonova (Toshkent)

Juftlik. O'g'il bolalar 

1. G'. Jabborov / A. Sotimboev (Xorazm) 

2. A. Nematjonov / A. SHamatov (Namangan) 

3. Z. Farhodov / M. Ozodov (Xorazm), SH. Ro'ziboev / M. Adhamjonov (Andijon) 

Qizlar 

D. Garamova / B. Qosimjonova (Toshkent) 

2. S. Mahmudova / M. Mahmudova (Namangan) 

3. M. Sultonqulova / S. Abduqodirova (Sirdaryo), D. Abdumannopova / M. Muhammadjonova (Andijon)

Mikst (aralash juftlik) 

1. G'. Jabborov / D. Sotimboeva (Xorazm) 

2. A. Sotimboev / A. Masharipova (Xorazm) 

3. O. Ozodov / M. Sultonqulova (Sirdaryo), M. Mahmudova / A. Nematjonov (Namangan)

Jamoaviy bahslar 

1. Xorazm viloyati 

2. Andijon viloyati 

3. Namangan viloyati.

Taqdirlash marosimida xorazmlik sanatkorlar ijrosidagi kuy va qo'shiqlar, raqqosalarning dilbar hiromi davraga bayramona kayfiyat ulashdi, ko'ngillarni quvonchga to'ldirdi.

Kezi kelganda takidlash joiz, Xorazm viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan sportchi va trenerlarlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularning maroqli dam olishini taminlash maqsadida “O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi ijrosini bajarish doirasida ko'hna Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing