So’nggi yangiliklar

09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 07:48Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0

20 mar 19:01
Yangiliklar

O'q otish

Xorazmda sportning texnik va amaliy turlari rivojiga etibor oshmoqda

Teglar :  O'q otishXorazm
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi hamda viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarni vatanimizga sadoqatli, xalqimizga mehr-muruvvatli, buning barobarida, jismonan baquvvat va sog'lom ruhda tarbiyalash yo'lida tegishli ishlar bajarilmoqda.

Buning barobarida, vohada sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish yo'lida izchil say-harakatlar amalga oshirilayotir. Sport sekciyalari faoliyatini, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash, zamonaviy sport anjomi va jihozlari bilan taminlash, sekciyalarga yoshlarni kengroq jalb qilish asosiy vazifalardan biriga aylangan.

Binobarin, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tizimidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi, Hazorasp avtomobil maktabi, Urganch avtomobil sport texnika maktabi unitar korxonasi hamda o'quv sport texnika klublari (O'STK) qoshidagi sekciyalarda sportsevar yoshlar  o'zlari mehr qo'ygan yozgi biatlon, duatlon (triatlon), pnevmatik quroldan o'q otish, motokross, karting, parashyut sporti, aviamodel, raketamodel singari sport  turlarining asl sir-asrorlarini katta qiziqish va ishtiyoq bilan o'zlashtirishyapti. Mashg'ulotlardan tashqari, belgilangan reja asosida uyushtirilayotgan musobaqalar ularning tajriba va mahoratini maromiga etkazishga xizmat qilayotir.

Kezi kelganda takidlab o'tish joizki, o'tgan davr mobaynida yozgi biatlon ustalari Darmonjon Ro'zmetova va Kumushoy Matyoqubova O'zbekiston terma jamoasi safida bir necha bor Osiyo chempionati hamda nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashib, g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Yoqutoy Jumaboeva triatlon bo'yicha, Dilafruz Sayidova duatlon bo'yicha, Maqsuda Kerimova pnevmatik to'pponchadan o'q otish bo'yicha, Sara Satipova pnevmatik miltiqdan o'q otish bo'yicha O'zbekiston chempioni bo'ldi.

Ayniqsa, pnevmatik miltiqdan o'q otish sporti bo'yicha Olima Komilova qo'lga kiritayotgan natijalar salmoqliligi bilan ajralib turadi. U hozirgacha O'zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro miqyosdagi musobaqa va turnirlarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.  Qolaversa, o'tgan yili xorazmlik avtopoygachilar respublika musobaqalarida ilk bor ishtirok etganiga qaramay, sovrindorlar safiga kirishni uddalashdi.

Mubolag'a emas, hozirda ham voha sportchilari orasidan ko'plab respublika musobaqalarining g'olib va sovrindorlari etishib chiqmoqda. Ayni damda, duatlonchi va triatlonchilar  Dilafruz Sayidova, Mahliyoxon Xudoyberganova, Zulayho Jumaboeva, Hasanboy Tangriberganov, pnevmatik quroldan o'q otish ustalari Sara Satipova, SHahnoza Masharipova, Aziza Ismoilova, Diyorbek Ochilov, kartingchi Angel Lucenko, Abror Erkinov, yozgi biatlonchilar Kumush Matyoqubova, Odamboy Rahimov, Havojon Rahimova singari ko'plab vohalik sportchilar respublika chempionati, birinchiligi hamda kubogi musobaqalarida voha sharafini munosib himoya qilishayotir.

O'z navbatida yuqori ko'rsatkichlarga erishayotgan sportchilar O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topgan kun  va boshqa qutlug' sanalar munosabati bilan rag'batlantirilmoqda. Tabiiyki, sportchilarga qaratilayotgan etibor besamar qolmayapti,  ularni yangi-yangi marralar sari etaklamoqda.

Ha aytgancha, O'zbekiston chempionatlarining g'olib va sovrindorlari safidan joy olayotgan xorazmlik sportchilar imtiyozli ravishda oliygohlarga kirish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. O'tgan yili to'rt nafari ana shunday sharafga loyiq ko'rildi. Xususan, bir nafari Toshkent davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga, uch nafari Urganch davlat universitetiga davlat granti asosida o'qishga kirdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing