So’nggi yangiliklar

20:05Хоригучи Асу Алмабаевга қарши жанг олдидан ўз устунликларини санаб ўтди 0 19:30Футболчи ҳакамга тош отгани учун 8 йилга дисквалификация қилинди 0 18:47Асламжон Ортиқовнинг Асадулла Имангазалиевга қарши реванш жанги тўлиқ давом этди 0 18:12Олимпия ўйинларида эркаклар боксига ҳимоя шлемлари қайтарилиши мумкин 0 17:05Илия Топурияга UFC'да вазн тоифасини ўзгартириш таклиф қилинди 0 16:16Баходир Жалолов Деонтей Уайлдерга рақиб сифатида таклиф қилинди 0 15:29Бугун "Нефтчи" Суперлигада чемпион бўлиши мумкин 0 14:45Руслан Абдуллаев эртанги жанги олдидан медиа тадбирларда иштирок этди 0 13:26UFC Рамазон Темировни яна допинг текширувидан ўтказди 0 12:39"Ҳисоб 2:2 бўлади". Мераб яна Петр Ян билан жанг қилмоқчи 0 11:12U-17 ЖЧ. Бугун Ўсмирларимиз мусобақадаги юришини бошлайди 0 10:01UFC турнири Қозоғистонда 2027 ёки 2028 йилдаёқ ўтказилиши мумкин 0 08:52UFC 2027 йил март ойида Японияда турнир ўтказиши мумкин: Темировнинг кейинги жанги кунчиқар юртда бўладими? 0 07:11Бугун 9 нафар дзюдочимиз жаҳон чемпионати медаллари учун курашади (Жуфтликлар) 0 19:25“Арсенал” 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирмоқда 0

18 sen 10:52
Yangiliklar

Futbol

Xose Venansio Lopes Paragvaydan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatga qanday izoh berdi?

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Toshkentda o'tayotgan Jahon chempionatining 2-turida Paragvayga boy berilgan (1:4) o'yin xaqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Mag'lubiyatning asosiy sababi nima bo'ldi?

– CHunki Paragvay bugun bizdan yaxshiroq o'ynadi. Ular o'yinni nazorat qilishdi, vaziyatlarni golga aylantirishdi. Sabab shunda.

– Muxlislar sizdan ko'p narsa kutishgandi, biroq malum sabablarga ko'ra natijalar u qadar yaxshi bo'lmayapti...

– Biz bor kuchimizni ishga solyapmiz. Bugun ham g'alaba uchun borimizni berdik. O'yin oxiriga qadar harakat qildik. Bizda gol urish uchun etarli vaziyatlar bor edi, ammo hujumlarni yakunlay olmadik. 

– Guruh bosqichidagi uchinchi o'yin biz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

– Kosta-Rikaga qarshi o'yin biz uchun Jahon chempionati finaliga teng. Faqat g'alaba qozonishimiz kerak.

– Bugun standart vaziyatlardan foydalanishda muammolar yuzaga keldi...

– Biz gol urishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Standart vaziyatlar bo'yicha mashg'ulotlarda ishlaganmiz, ammo o'yinda gol urishning imkoni bo'lmadi. Vaziyatlarni yakunlashda muammolarga duch keldik. Yakuniy nuqtani qo'yishda oqsadik. 

– Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimizni qanday deb hisoblaysiz?

– Faqat g'alaba qozonishimiz kerak. Yagona yo'li - g'alaba!

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing