14 may 17:52
Yangiliklar
Xosep Gvardiola: "Hammasi "Arsenal"ga bog'liq"
"Hammasi "Arsenal"ga bog'liq. Agar ular ikkita o'yinda g'alaba qozonsa, hech narsa qila olmaymiz, gaplashadigan hech narsa qolmaydi. Biz qila oladigan narsa — yaqin turish. So'nggi ikki o'yin qiyin bo'ladi.
Va hozir qila oladigan narsa — iloji boricha tezroq uxlash va Angliya Kubogiga tayyorgarlik ko'rish. Biz aynan shunday qilishimiz kerak.
Ammo gap faqat Angliya Kubogi finali haqida emas. Uch kundan keyin "Bornmut" bilan o'ynaymiz. SHunday qilib, Londonga parvoz bor, keyin futbolchilar xotinlari va bolalari bilan uyga qaytishadi, ular ancha charchaydi.
Men futbolchilardan ko'p narsani talab qila olmayman. Biz "Uembli"ga g'alaba qozonish uchun boramiz va eng yaxshi mavsumni o'tkazmayotgan, ammo sifatli jamoaga qarshi o'yinga jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor bo'lishimiz lozim. Albatta, ular qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishadi va biz ham", – dedi ispaniyalik murabbiy.
36 o'yindan so'ng 77 ochko to'plagan "Manchester Siti" APL jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Arsenal" 79 ochko bilan birinchi o'rinda.

Fikrlar