17 fev 16:04
Yangiliklar
Futbol

Xosep Gvardiola Husanov ustida ishlashi kerak bo'lgan jihat haqida gapirdi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yana bir bor Abduqodir Husanov haqida berilgan savolga javob berdi.
Taniqli insayder Fabricio Romano Pepning terma jamoamiz himoyachisi haqidagi gaplarini o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan.
“Husanov yaqin kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Bu uning o'zi uchun va tabiiyki, biz uchun ham juda yaxshi holat. Potenciali jihatidan imkoniyatlari ko'zga tashlanib turibdi. Abduqodir to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Tezligi ham o'ta yuqori. Endi qaror qabul qilish ko'nikmasini yanada rivojlantirishimiz kerak. Bu holat uning yoshi bilan ham bog'liq”, - dedi Pep Gvardiola.
Havola :
Fikrlar