So’nggi yangiliklar

14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0

10 avg 13:00
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Xushxabar: O'zbekiston 2025 yilgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
2020 yil 7 avgustda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025 yilda O'zbekistonda yoshlar o'rtasidagi IV yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori qabul qilindi.

Malumki, Osiyo Olimpiya kengashining 2019 yil 28 sentyabr kuni Qatarning Doxa shahrida bo'lib o'tgan 73-Ijroqo'mi yig'ilishida Toshkent shahrida 2025 yil yoshlar o'rtasida IV yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazishga rozilik bildirish to'g'risida qaror qabul qilingandi.

Qarorga muvofiq, mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada o'tkazish maqsadida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazishni tashkil etish bo'yicha tashkiliy qo'mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

SHuningdek, ilg'or davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida davlat muassasasi shaklidagi “Toshkent–2025” yozgi Osiyo o'yinlarini o'tkazish direkciyasi tuziladi.

Direkciya zimmasiga O'zbekistonda Osiyo o'yinlarini o'tkazish bo'yicha Osiyo Olimpiya kengashi bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumati o'rtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash tadbirlarini tashkil etish, Osiyo Olimpiya kengashi va sport turlari bo'yicha Osiyo sport federaciyalari (uyushmalari) bilan o'zaro hamkorlik qilish, yoshlar o'rtasida IV yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish, Osiyo o'yinlari dasturini hamda milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, Toshkent–2025 Osiyo o'yinlarining logotipini ishlab chiqish, musobaqani yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida ko'rgazmalar, konferenciyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarini o'tkazish, mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida Osiyo o'yinlari o'tkaziladigan sport inshootlari va boshqa obektlarni Osiyo Olimpiya kengashi va xalqaro sport federaciyalari talablariga muvofiq tayyorlash, zarur bo'ladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan taminlash, televizion ko'rsatuvlarni taqdim etish va texnik tayyorgarlik, efirga uzatish huquqlari himoyasi, o'yinlar, uning tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik ko'rish, Osiyo o'yinlari g'oyalari va qadriyatlarini targ'ib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini o'tkazish, axborot bilan taminlash, marketing dasturlarini amalga oshirish, Osiyo o'yinlariga homiylarni jalb qilish, tayyorgarlik ishlarining borishi to'g'risida OAV orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'ida keng yoritilishini tashkil etish kabi vazifalar yuklatilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing