So’nggi yangiliklar

15:50"Челси" Энцо Фернандеснинг эҳтимолий трансферига захира вариантларни топиб қўйди 0 15:22Мераб Двалишвили: "Мен барча доғистонликларни ҳурмат қиламан, фақат бир кишидан ташқари" 0 15:14Расман! Фурқатбек Ёқубов Mangu Лигасининг илк чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:55"Тайёрман!". Ҳасанбой Дўсматов Бибоссиновга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 14:28Бобур Қурбонов Prime FL камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0

19 iyu 10:49
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

XVIII Osiyo o'yinlari startiga roppa rosa 1 oy vaqt qoldi

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakartada XVIII Osiyo o'yinlari mashalasi yoqiladi va qitamizda to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi rasman boshlanadi.

Qita mamlakatlari qatorida O'zbekiston ham ushbu nufuzli musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Osiyo o'yinlarida qitamizning 45 mamlakatidan 11 300 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Atletlar sportning 40 turi, 67 yo'nalishi bo'yicha g'oliblik uchun kurash olib boradilar.

Musobaqa startiga 30 kun qolganida Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti, Milliy olimpiya qo'mitalari associaciyasi rahbari SHayx Ahmad al Faxad al Sabax o'yinlariga aloqador barchaga minnatdorchilik bildirdib o'tdi.

«Osiyodagi Milliy Olimpiya qo'mitalari oilasi nomidan Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo, mamlakat vice-prezidenti va Osiyo o'yinlari boshqaruv qo'mitasi raisi Yusuf Kalla, shuningdek, Indoneziya Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va XVIII yozgi Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi rahbari Erik Toxirga qilingan ulkan hajmdagi ish uchun tashakkur izhor qilaman.

Indoneziya Osiyo o'yinlariga ajoyib tayyorgarlik ko'rmoqda. Qisqa vaqt ichida yaxshigina muvaffaqiyatga erishdi . SHuningdek, men barcha Milliy olimpiya qo'mitalari, sportchilar, hamkorlar, OAV xodimlariga minnatdorchilik bildiraman», - dedi Sabax.

Qayd etib o'tish lozimki, O'zbekiston sport delegaciyasi Osiyo o'yinlarida 28 ta sport turida 230 nafardan ortiq sportchi bilan birga ishtirok etishni rejalashtirmoqda. SHuningdek, mamlakatimizdan 100 dan ortiq rasmiy shaxs (murabbiylar, shifokorlar, menejerlar, OAV xodimlari) Jakartadagi o'yinlar davomida faoliyat olib boradi.

Malumot uchun, Indoneziyadagi Osiyo o'yinlari butun o'zbek sporti uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy sportimiz hisoblangan Kurash ilk marotaba Osiyo o'yinlari dasturiga aynan Jakartada kiritiladi. SHuningdek, sportning Djiu djitsu, Penchak silat, Sambo va Ot sporti (konkur) kabi turlarida sportchilarimiz birinchi marta Osiyo o'yinlarida ishtirok etishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing