So’nggi yangiliklar

19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0 13:37Богдан Гусков: «Анкалаев ярим оғир вазн тоифасидаги энг кучли жангчи» 0 13:00FIDE Самарқанддаги Олимпиада олдидан Беларусь шахматчиларига нисбатан қўлланган барча санкцияларни бекор қилди 0 12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0

29 mar 23:16
Yangiliklar

SHaxmat

“XVIII Tashkent Open” xalqaro shaxmat turniri yakunlandi. Kim nechanchi o'rinni egalladi?

O'n kun davomida poytaxtimiz mezbonlik qilgan O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqa o'z yakuniga etdi.

Bu yil o'z tarixida 18-marotaba o'tkazilgan turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qildi. SHveycarcha tizimda 10 turdan iborat musobaqada dunyoning 20 ga yaqin davlatidan kelgan shaxmatchilar reytingiga qarab, ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishdi. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan bo'lib, u so'nggi 10-turda qora donalarda asosiy raqibiga aylangan hamyurtimiz SHamsiddin Vohidov (2670)ga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda Sarinni g'alaba ham qoniqtirardi. SHamsiddin esa g'alaba qozongan taqdirda, musobaqa chempioniga aylanar edi. Yakunda Nihal o'zi uchun kerakli natija - durangga erishdi.

O'n imkoniyatdan 8 ochko jamg'argan Nihal Sarin Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan “XVIII Tashkent Open” xalqaro turniri g'olibiga aylandi. U chempionlik bilan birga 20 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Vengriyalik grossmeyster Sanan Syugirov (2631) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. SHuncha ochkoga ega hindistonlik Puranik Abhimanyu (2636) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.   

Afsuski, sovrindorlar kabi 7,5 ochko to'plagan SHamsiddin Vohidov qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 5-o'rin bilan kifoyalandi. Yosh grossmeysterimiz turnirda ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan edi. Yana bir yosh shaxmatimiz Humoyun Begmuratov (2430) musobaqada ajoyib natija ko'rsatdi. U 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'rinni band etdi va eng muhimi, xalqaro grossmeyster talabini bajardi. Humoyun so'nggi turda qora donalarda hindistonlik grossmeyster Adhiban (2554) bilan durang o'ynadi. 

O'n imkoniyatdan 7 ochko jamg'argan hamyurtlarimizdan Almas Rahmatullaev (2413) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 13, Muhammadzohid Suyarov (2474) 15, Muhiddin Madaminov (2550) 16-o'rinni egalladi. Grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov (2525) 6 ochko bilan 28-pog'ona bilan kifoyalandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing