So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

30 mar 09:34
Yangiliklar

SHaxmat

“XVIII Tashkent Open” xalqaro shaxmat turniridan kim qancha ishlab oldi? (+FOTO)

Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizda O'zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy Agzamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqa o'z yakuniga etgan edi.

O'z tarixida 18-marotaba o'tkazilgan, mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qilgan turnirda 10 imkoniyatdan 8 ochko jamg'argan hindistonlik grossmeyster Nihal Sarin bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi bo'lgan Nihal chempionlik bilan birga 20 000 dollar mukofot puliga ham ega chiqdi. 

Etti yarim ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egallagan vengriyalik grossmeyster Sanan Syugirov (2631) 10 000, shuncha ochkosi bor hindistonlik Puranik Abhimanyu (2636) uchinchi o'rin uchun atalgan 7 000 AQSH dollarini o'z hamyoniga qo'shib qo'ydi. 

Afsuski, sovrindorlar kabi 7,5 ochko to'plagan SHamsiddin Vohidov qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 5-o'rin bilan kifoyalandi. Yosh grossmeysterimiz turnirda ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan edi. U 10 kunlik ishtirokidan 3000 dollar ishlab oldi. 

Umuman olganda, Top-15`talikdan joy olgan shaxmatchilar turli miqdorda mukofot pullariga ega bo'lishdi. Yosh shaxmatimiz Humoyun Begmuratov (2430) 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'rinni band etdi va eng muhimi, u xalqaro grossmeyster talabini bajardi. Humoyun 1000 dollar mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. "A" guruhida 1-15 o'rinni egallagan shaxmatchilarga umumiy hisobda 53 700 dollar mukofot puli taqdim etildi.   

Musobaqaning "V" guruhida sovrinli o'rinlar egalagan uch shaxmatchi 10 imkoniyatdan 8 ochkodan to'plashdi. Qo'shiimcha koeficentlarga ko'ra hamyurtimiz Muhammadsolih Rahmatullaev turnir g'olibiga aylandi. U "V" guruhi chempioni sifatida 2500 dollar mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Ikkirchi o'rinni egallagan ozarbayjonlik Emil Mehraliev 2000, uchinchi o'rinni band etgan shaxmatchimiz Rustambek Erkinov 1800 dollarga boyib oldi. 

SHuningdek, har ikki guruhda qo'shimcha nominaciya sifatida o'smirlar, yoshlar, kattalar, ayollar va faxriylar uchun ham mukofot pullari taqdim etildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing