29 avg 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Yadong - Nurmagomedov jangida kutilmagan nokaut qayd etildi
Hozirgina Xitoyning SHanxay shahrida UFC Fight Night 286 turniri yakuniga etdi.
Oqshomning asosiy jangida kutilmagan natija kuzatildi. O'ta engil vazn toifasida tashkil etilgan jangda xitoylik 28 yoshli Song Yadong rossiyalik 30 yashar Umar Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqdi. Ikkinchi raundda o'z hamyurtlari ko'z o'ngida jang o'tkazgan Song nomdor raqibini nokautga uchratdi. Bo'yin qismiga zarba yo'llashi natijasida Umarni muvozanatdan chiqargan Yadong himoyasiz qolgan raqibga yana uchta zarba berdi. Referi bu vaziyatda jangni to'xtatdi va nokaut qayd etdi.
Aslida Nurmagomedov iyul oyida UFC Abu-Dabi turnirida ishtirok etishi kerak edi. Ammo raqibi Devid Martines jarohat sabab safdan chiqqani bois UFC Umarning jangini SHanxay kardiga ko'chirishga qaror qilgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar