So’nggi yangiliklar

15:30Португалия футбол федерацияси Роналду бўйича ўз позициясини маълум қилди 0 14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0 12:12"Бу осон эмас". Сехудо Ян ва Двалишвили ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 11:30Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга IBA Nomad 16 турнири бўлиб ўтади (Тўлиқ кард) 0 10:44Шоҳжаҳон Эргашев, Умар Кремлёв, "Сатурн" ва бошқалар. IBA Nomad турнири олдидан face-to-face ва вазн ўлчаш маросими ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:13Алишер Усмонов АПЛ жамоасини сотиб олмоқчи — talkSPORT 0 09:42Сузувчи Илья Сибирцев яна Ўзбекистон рекордини янгилади 0 09:18Жаҳон чемпионатининг илк кунида икки боксчимиз рингга чиқиб, ҳар иккиси ғалабага эришди 0 08:45Волкановски UFC ярим енгил вазн дивизионидаги энг хавфли жангчи кимлигини айтди 0 07:30СССР терма жамоасининг собиқ дарвозабони иттифоқ даврида келишилган ўйинлар қандай ташкил этилганини айтди 0 00:24Баҳодир Жалолов эртанги жанги олдидан англиялик рақиби билан биринчи марта юзма-юз келди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0

02 sen 13:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Yadong Usman Nurmagomedovning harakatlariga munosabat bildirdi

Umar Nurmagomedovni nokautga uchratgan Song Yadong jang to'xtatilgandan so'ng "qafas"dan oshib tushgan va ko'pchilikka xitoylik jangchini urmoqchi bo'lib ko'ringan Usman Nurmagomedovning harakatiga munosabat bildirdi.

Xitoylik aralash yakkakurash ustasining dog'istonlikka nisbatan hech qanday davosi yo'q.

"Men bu odam qaerdan paydo bo'lganini ham tushunmadim – u shunchaki ro'paramda paydo bo'lib, yo'limni to'sdi. Keyin u meni biroz turtib yubordi, shuning uchun men uni chetga surib, yo'limda davom etdim. Ammo takroriy lavhani sekinlashtirilgan rejimda ko'rganimda, u xuddi tirsagi bilan meni urmoqchi bo'lgandek yoki shunga o'xshash biror narsa qilmoqchi bo'lgandek tuyuldi. Aslida esa men uni tushunaman, chunki ular aka-uka.

Jangdan oldin ular menga, men esa ularga nisbatan hech qanday adovatda emasdik. Hech qanday yomon so'zlar, haqoratlar yoki shunga o'xshash narsalar bo'lmagan. SHuning uchun internetda yozilganidek, u qasddan menga hujum qilmoqchi bo'lgani haqidagi gaplar haqiqatdan yiroq. U shunchaki men unga hujum qilgani yugurib kelyapman deb o'ylagan. U ukasining ahvolini ko'rish uchun yugurib chiqdi va to'satdan kimdir to'g'ri uning ustiga yugurib keldi. Albatta, bunday vaziyatda har kim shunday munosabat bildiradi. Sekinlashtirilgan lavhada hamma uning ko'zlari yumilganini ko'rishi mumkin", – dedi Song BiliBili nashriga bergan intervyusida.

Usman Nurmagomedovning o'zi ham shunga o'xshash bayonot berib, agar haqiqatan ham xitoylik jangchini urmoqchi bo'lganida, buni amalga oshirgan bo'lishini takidladi.

SHanxaydagi UFC Fight Night 286 turnirida rossiyalik raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgan Song Yadong tashkilotning engil vazn toifasi meta-reytingida uch pog'onaga ko'tarilib, uchinchi o'rinni egallab turibdi. Umar Nurmagomedov esa ikkinchi o'rindan beshinchi o'ringa tushib ketdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing