19 iyu 11:48
Yangiliklar
Yakkalikdagi ishtirokini yakunlagan Oqgul va Nigina juftlikda yarim finalga chiqishdi
Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning etakchi tennischilari - Sabina SHaripova, Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etyapti. Hamyurtlarimizdan Nigina va Oqgul yakkalikning ikkinchi davrasida mag'lubiyatga uchrashdi.
Endi bu tennischilarimiz bor etiborlarini juftlikdagi ishtiroklariga qaratishgan. Har ikkala tennisichimiz ham ikkitadan uchrashuvda g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l olishdi.
Gruziyalik Ekaterina Gorgodze bilan to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Omonmurodova chorak finalda indoneziyalik tennischilar - Beatris Gumulya hamda Jessi Rompies hamkorligini 6:1, 6:3 hisobida mag'lub etishdi.
Rossiyalik Anastasiya Frolova ham tandem hosil qilgan Nigina Abduraimova esa germaniyalik Vivian Xaysen hamda serbiyalik Natalya Kostich juftligidan 6:2, 6:4 hisobida ustun keldi. Endi Oqgul va Nigina yarim finalda bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi. Natijadan qatiy nazar turnir finalida o'zbekistonlik tennischi bo'ladi.
Fikrlar